Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatçilikni jilovlaşga şaxsiy javobgarlik hissi bilan yondaşiş kerak

31 Oktyabr 2025, 22:06

870

Mahallalar islohotlar markaziga, xalqimizning oğirini yengil, muammolarini hal qiladigan yaqin kömakçiga aylanib bormoqda. Şu bois, har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

IIV akademiyasi rahbari Rustam Xatamov 29-30-oktyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida bölib, ta’lim muassasasiga biriktirilgan “Jeke terek”, “Ğarezsizlik”, “Xalqlar dosliği”, “Gene qala”, “Janabazar” mahallalarida jinoyatçilikni jilovlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

Manzilli örganişlar çoğida davlatimiz rahbarining joriy yil 3-yanvardagi PQ-1 son hamda 18-avgustdagi PQ-253-son qarorlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi mas’ul rahbarlar, “mahalla yettiligi” vakillari hamda akademiya professor-öqituvçilari iştirokida atrofliça muhokama qilindi. Huquqbuzarliklarning asl omillarini aniqlaş, ularni bartaraf etiş, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Aytiş joizki, akademiya işçi guruhi tomonidan respublikamizning boşqa hududlari qatori, mazkur mahallalarda ham tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Professor-öqituvçilarning ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalari asosida sentyabr–oktyabr oylari davomida 50 ta “jinoyat öçoği” aniqlandi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş maqsadida hududlarga 85 ta taşviş tugmasi, 344 ta zamonaviy kamera örnatildi, şuningdek 144 ta obyekt texnik qöriqlovga olinib, 10 ta “xavfsiz köça” hamda 28 ta “xavfsiz uy” taşkil qilindi.

Akademiya boşliği mahallalarda köp sodir etilayotgan jinoyatlar, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillarga alohida e’tibor qaratdi. Yangi tizim asosida natijadorlikni ta’minlaş muhimligini ta’kidlab, har bir “jinoyat öçoği” böyiça manzilli işlaş, ijtimoiy profilaktikani samarali taşkil etiş, aholi, ayniqsa yoşlar örtasida jinoyatçilikka murosasizlik immunitetini şakllantiriş, ijtimoiy muammolarni hal etişda “mahalla yettiligi” a’zolarining faolligini oşiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.

Bundan taşqari, mas’ullarga ilğor yondaşuvlarni amaliyotga joriy qiliş, “ilmiy xulosa – tavsiya – natija” tamoyili asosida mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantiriş, “yöl xarita”lar ijrosini öz vaqtida, sifatli ta’minlaş, jinoyatçilikni jilovlaşga şaxsiy javobgarlik hissi bilan yondaşiş kerakligi aytildi.

Nukus safari davomida Içki işlar vazirligi akademik litseyi hamda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida olib borilayotgan ta’lim jarayonlari ham örganildi. Uçraşuvlar çoğida yoşlarni kasbga yönaltiriş böyiça dolzarb talablar yetkazilib, öquvçilarning bilim salohiyati, ma’naviy dunyoqaraşi, jismoniy tayyorgarligi, vatanparvarlik ruhini yuksaltiriş muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. IIV akademiyasi faoliyatiga oid videorolik namoyiş qilinib, faol va taşabbuskor öquvçilarga taşakkurnomalar berildi.

Şu bilan birga, akademiya boşliği içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligida ötkazilgan bayram tadbirida ham qatnaşdi. Vazirlik rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va hamkor taşkilotlar vakillari iştirokida ötgan tadbirda Rustam Xatamov sözga çiqib, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar samarasida içki işlar organlari xalqçil tuzilma sifatida şakllanib, tizim faoliyatida ijobiy özgarişlar röy berayotgani, soha uçun kadrlar tayyorlaş jarayonlari tubdan yangi bosqiçga olib çiqilganini alohida ta’kidlab ötdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech