Yurtimizda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantiriş borasida izçil çora-tarbirlar amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda Farğona viloyatidagi mahallalarning aksariyati “yaşil” toifadan örin olgan. Ayrim mahallalar “sariq” toifaga kiritilgan bölsa, qolganlari kriminogen vaziyati oğir hudud sifatida baholangan. Bu esa huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan profilaktik işlar samaradorligini yanada oşirişni taqozo etadi.
Içki işlar vazirligi akademiyasi işçi guruhining viloyatdagi örganişlari davomida “qizil” toifadagi hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Quva tumanining “Gözal”, Oltiariq tumanining “Mirfozil”, “Şodlik”, “Yangiarab”, Qöştepa tumanining “Qoraquşçi”, Farğona tumanining “Xonqiz”, “Oqbilol”, “Marğilon” hamda Quvasoy şahrining “Hamid Olimjon” va “Guliston” mahallalaridagi uçraşuvlar çoğida mavjud vaziyat atrofliça muhokama qilindi.
Aytiş joizki, hududlarni örganiş jarayonida bu bilan çeklanib qolinayotgani yöq. “Mahalla yettiligi” a’zolari, fuqarolarning takliflari tinglanib, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, muammolarni hal etiş borasida metodik yordam körsatilmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati