IIV Akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha “fuqarobay” ishlash tizimining ahamiyati” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlari, Dastlabki tergov va kriminalistika, Jinoyat-ijroiya huquqi, Tarbiyaviy-psixologik faoliyati, Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimiga joriy qilingan samarali mexanizmlarning o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtalib, faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdilar.
***
Ta’lim maskanining birinchi bosqich kursantlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida bo‘ldi.
250 mingga yaqin tarixiy osori-atiqalarni o‘z bag‘riga olgan maskan bilan tanishuv boy tariximiz, milliy qadriyat va an’analarimiz, dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berib, yoshlarning vatnaparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
***
Akademiyaning Tezkor-qidiruv faoliyati kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Izquvarlar” muloqot klubining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, polkovnik A.Faxruddinov, podpolkovnik Z.Atayev, Zangiota tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik M.Sobirov taklif etildi.
Ochiq muloqotda soha xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini samarali tashkil etish va jinoyatlarning oldini olish usullari, og‘ir jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha o‘z faoliyatlarida duch kelgan murakkab jarayonlar, nostandart vaziyatlarda o‘zini iroda qilish yo‘llari haqida so‘zlab berib, kursantlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati