Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

JAMOAMIZ PEŞQADAM, AMMO HAL QILUVÇI ÖYINLAR OLDINDA

27 Oktyabr 2021, 17:27

1992

IIV Akademiyasi sport majmuasida ötkazilayotgan minifutbol  turnirining ikkinçi kuni guruhda qöşpeşqadamlikni yuzaga keltirdi.

Dastlab maydonga Bojxona instituti va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi futbolçilari tuşdi. Har ikki jamoa birinçi turda mağlubiyatga uçragani bois, uçraşuvning keskin kuraşlar ostida ötişi oldindan ma’lum edi. Bahs ham şunga mos teng kuraşlar ostida keçdi. Har ikkala taymda 2 tadan töp kiritgan jamoalar yakunda durangga erişib, dastlabki 1 oçkoni qölga kiritdilar. 

Qurolli Kuçlar akademiyasi turnirni yirik ğalaba bilan boşlab, kubok uçun asosiy da’vogar ekanini namoyon etgan edi. Harbiylar ikkinçi turda Jamoat xavfsizligi universiteti futbolçilari bilan kuç sinaşdilar. Raqib darvozasini işğol qiliş bobida mahsullik susaygan bölsa-da, ğalaba bu gal ham Qurolli Kuçlar akademiyasi tomonda böldi. Yakuniy hisob 3:1.

Içki işlar vazirligi akademiyasi şarafini himoya qilayotgan futbolçilarimiz ketma-ket ikkinçi bor zafar quçişning uddasidan çiqişdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga qarşi maydonga tuşgan vakillarimiz raqib darvozasini 7 marotaba işğol qilişdi. Uçraşuv sönggiga qadar ötkazib yuborilgan 2 gol hisobning qisqarişiga xizmat qildi, xolos – 7:2.     

Şu tariqa ikki tur natijasiga köra 6 oçko jamğargan jamoamiz musobaqa peşqadami bölib turibdi. Qurolli Quçlar akademiyasi töplar nisbatiga köra ikkinçi örinda bormoqda. Jamoat xavfsizligi universitetida 3 oçko mavjud bölsa, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi va Bojxona instituti 1 oçko bilan keyingi örinlarni band qilişgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi esa hali biron oçkoni qölga kiritganiça yöq.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech