Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi tizim faoliyatiga samarali tatbiq etilmoqda.
O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan namoyish etilgan “Iymon” spektakli kursant yoshlar uchun yuksak g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
Adabiyotshunos olim Izzat Sulton asari asosida sahnalashtirilgan san’at asarida iymon-e’tiqod, sadoqat, diyonat, odob-axloq, halollik, poklik singari umuminsoniy qadriyatlar targ‘ib qilinadi.
Tadbit yosh avlodni milliy ma’naviyatimiz, boy madaniyatimizga chuqur hurmat tuyg‘usida kamol toptirish, ularning estetik dunyoqarashini yuksaltirishda tarbiyaviy vosita bo‘ldi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati