Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Islohotlar – yoshlar kamoloti uchun

05 Sentyabr 2022, 09:09

1073

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Ta’lim maskani jamoasi, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda filial ijrochi direktori, professor Abdulla Mag‘rupov, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘ining yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov va boshqalar so‘zga chiqdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim-tarbiya sohasini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi besh yilda kelajagimiz vorislarining munosib bilim olishi, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini egallashi uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Yoshlar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etishning yaggi mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazami kuchaytirilib, xorijiy nufuzli o‘quv dargohlarining filiallari tashkil qilindi. Yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasi sezilarli oshirildi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ustuvor yo‘nalishlari biri aynan ta’lim sohasiga qaratilgan. Ta’lim sifatini oshirish maqsadida oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga, xususiy oliygohlar sonini kamida elliktaga yetkazish, ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, zamonaviy, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga yuborish ko‘lamini 2 barobargaga oshirish kabi maqsadli vazifalar belgilangan. Bu sa’y-harakatlar yetuk salohiyatli kadrlarni tayyorlash, mamlakatimiz ilm-fanini taraqqiy ettirish orqali Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga xizmat qiladi.

“Mustaqillik darsi”da sohadagi ulkan islohotlar yoshlar kamolotiga qaratilgani bilan beqiyos ahamiyat kasb etayotgani, jamiyatimiz kechayotgan ulkan yangilanishlar yurtga daxldor kadrlarning bilim salohiyatiga bog‘liq ekani ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech