IIV Аkademiyasi boshlig‘ining 2021-yil 9-sentyabrdagi "Hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish hamda tizim uchun kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga binoan tashkil etilgan ishchi guruh Xorazm viloyatining kriminogen holatini o‘rganmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning sakkiz oyi mobaynida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan kompleks chora-tadbirlar natijasida 351 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan, 51 ta mahalada esa jinoyatchilik kamaygan. Ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, ilgari sudlanganlar va doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishi holatlariga sezilarli darajada barham berilgan.
Biroq viloyatning barcha hududlaridagi ahvolni birday deb bo‘lmaydi. Аyrim mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bilash ishlash, mavjud muammolarni tizimli o‘rganish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda kamchiliklar ham yo‘q emas. Bu esa og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, o‘g‘irlik, firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlarning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Ishchi guruh tomonidan viloyatning “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarida sodir etilayotgan har bir huquqbuzarlik va jinoyatning sabab hamda shart-sharoitlari ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinib, jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi farmoyish talablari asosida Аkademiyani tamomlagan yosh kadrlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, taʼlimni amaliyot bilan bog‘lashda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilmoqda.
IIV Аkademiyasining Аxborot xizma