IIV akademiyasi Sirtqi ta’lim fakultetini tamomlayotgan tinglovchilar yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini topshirdilar.
Imtihonlar yetakchi professor-o‘qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari vakillaridan iborat komissiyalar tomonidan qabul qilindi.
Aytish joizki, fakultet tinglovchilariga 4 yillik o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim berildi. Mashg‘ulotlar akademiya professor-o‘qituvchilari bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tajribali xodimlari tomonidan zamon talablari darajasida o‘tkazildi. Har bir semestr yakunida tinglovchilardan test sinovlari qabul qilindi.
Yakuniy davlat attestatsiyasida ular ixtisoslik hamda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi fanlari bo‘yicha imtihon topshirdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati