Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

IMKONIYAT, TASHABBUS VA E’TIBOR kursantlar bilan muloqotning muhim jihati bo‘ldi

17 Sentyabr 2026, 21:40

62

Yoshlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov kunduzgi ta’limning 1-o‘quv kursiga qabul qilingan kursantlar bilan uchrashdi.

Tadbir yoshlar bilan ochiq muloqot qilish orqali ularning takliflarini tinglash, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilindi.

Uchrashuv avvalida akademiya boshlig‘i mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarga alohida to‘xtaldi. Keyingi o‘n yil mobaynida O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygani, jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, xalqimizni rozi qilish barcha sohalardagi islohotlarning ustuvor mezoniga aylanganini ta’kidlab o‘tdi.

Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgani, mamlakatimizning buyuk kelajagini barpo etish yo‘lida ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan Yangi O‘zbekiston yoshlari yanada fidoyi, shijoatli va tashabbuskor bo‘lishi kerakligini alohida qayd etdi.

Muloqot davomida kursantlarning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi, oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishi uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar aytib o‘tildi. Yoshlar buni davlatimizning yuksak ishonchi sifatida qabul qilishi, har jihatdan shunga munosib bo‘lishi, kelgusida yetuk malakali kadr bo‘lib yetishishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu kuni akademiya rahbari Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida ta’lim olayotgan kursantlar bilan ham muloqot qilib, yangi o‘quv yilining dolzarb vazifalarini yetkazdi.

O‘quv dargohi boshlig‘i jahondagi geosiyosiy jarayonlar o‘zgarib borayotgan bir sharoitda mintaqamizda xavfsiz va barqaror muhitning hukm surayotgani yoshlar uchun ulkan imkoniyat yaratayotgani, buning samarasida akademiyada ta’lim olishni istagan xorijiy mamlakatlar yoshlari safi yildan-yilga ko‘payib borayotganini ta’kidladi.

Shu bois kursantlar ustozlaridan mukammal saboq olib, o‘z bilim va salohiyatini yuksaltirib borishi, eng muhimi, akademiya bitiruvchisi degan sharafni nomni munosib oqlashi kerakligi aytib o‘tildi. O‘z navbatida, tojikistonlik va qirqizistonlik yoshlar so‘z olib, astoydil ta’lim olishga, o‘quv va xizmat intizomiga qat’iy amal qilishga va’da berdilar.

Ochiq muloqotlar yakunida kursantlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech