Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Ilmiy xulosa – tavsiya – natija” mexanizmi asosida kriminogen vaziyat barqarorlashmoqda

29 Aprel 2026, 19:46

78

Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan qarori aholi bilan doimiy muloqot qilish orqali kriminogen vaziyat bilan bog‘liq muammolarga birgalikda yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari Buxoro viloyatidagi 23 ta mahallaga biriktirilgan. Ular tomonidan kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar o‘rganilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar “ilmiy xulosa – tavsiya – natija” tamoyili asosida amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Amaliy ishlar natijasida mahallalarda 60 ga yaqin “jinoyat o‘choqlari” va ovloq hududlar aniqlandi. Aholi uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida ko‘chalar, uylar va chekka joylarga 24 ta tashvish tugmasi, 300 dan ortiq kamera, 239 ta tungi chiroq, 34 ta domofon o‘rnatildi. Aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan 200 dan ziyod profilaktik va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ijtimoiy profilaktika doirasida xonadonlarga manzilli borilganda, ijtimoiy-maishiy muammosi mavjud 136 nafar shaxs aniqlanib, “mahalla yettiligi”ga yo‘naltirildi. Bandlikka ko‘maklashuvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 30 dan ziyod shaxs ish o‘rniga ega bo‘ldi. Sayyor qabullar davomida 76 nafar fuqaroning muammosiga ijobiy yechim topildi.

Maishiy-turmush doirasidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olish borasida nizoli oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 29 ta oila vakillariga zarur huquqiy maslahatlar berildi. 18 ta oila a’zolari esa o‘zaro yarashtirildi. Mahallalarda 8 ta “xavfsiz ko‘cha”va yana shuncha “xavfsiz uy” tashkil qilindi.

Aytish joizki, ishchi guruhlar zimmasiga hududlarga mos ilg‘or tajribalarni yaratib, amaliyotga joriy etish vazifasini ham yuklatilgan. Hududlarni o‘rganish jarayonida ayni jihatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va hududlarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech