Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Illat jinoyatga yetaklaydi

22 Noyabr 2025, 04:11

51

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda IIV akademiyasi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tgan tadbirda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Davron Ahmedov so‘zga chiqib, jamiyat hayotiga xavf solayotgan ma’naviy tahdidlarga to‘xtaldi. 

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga ta’siri, ular bilan noqonuniy muomala qilishning huquqiy oqibatlari, mafkuraviy g‘oya va xurujlar ortiga yashiringan g‘arazli maqsadlar, giyohvandlik va diniy aqidaparastlik ta’siriga tushib qolgan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning asl omillari, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish choralari haqida atroflicha tushuncha berildi.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbir ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech