IIV akademiyasida harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari yoshlari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali turdosh ta’lim muassasalarining imijini yanada oshirish maqsadida tashkil qilindi.
Samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda Bojxona instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti va IIV akademiyasi vakillari so‘zga chiqdi. “Ta’lim muassasalarida yoshlar siyosati samaradorligini oshirish”, “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”, “Ta’lim jarayonini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni”, “Ichki ishlar organlari xodimlarining zamonaviy imiji” va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ilg‘or g‘oya va tashabbuslar bildirilgan, yoshlarni faol hamkorlikka chorlagan tadbir yakunida bir guruh ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati