Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ikki xalqning zullisonayn adibi

16 Mart 2026, 18:26

64

IIV akademiyasida XX asr o‘zbek va tojik adabiyotining yirik vakili, atoqli olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarjimon Risolat Haydarova, tilshunos olimlar, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda kursantlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, Sadriddin Ayniy nomi o‘zbek va tojik xalqlarida alohida e’tirof bilan tilga olinadi. G‘ijduvonning Soktare qishlog‘ida tavallud topgan ma’rifatparvar adib ikki tilda birday ijod qilib, boy adabiy meros qoldirgan.

Yozuvchining “Buxoro jallodlari”, “Odina”, “Doxunda”, “Qullar”, “So‘dxo‘rning o‘limi” singari qissa va romanlarida davr fojialari real tarzda tasvirlangan. “Eski maktab” asari ham o‘ziga xos uslubda yozilgani bilan mashhur.

Adib Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochib, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratgan. Keyinchalik bir muddat Samarqand davlat dorilfununida ishlab, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi etib saylangan. Tojikiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kundan boshlab ushbu muassasaga rahbarlik qila boshlagan.

Tadbirda Sadriddin Ayniy hayoti va ijodining o‘zbek va tojik adabiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Asarlarining qimmatli jihatlari aytib o‘tilib, ikki millat adabiyoti ravnaqi yo‘lidagi buyuk xizmatlari e’tirof etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech