Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

IIV AKADEMIYASI KURSANTI “ILHOM” MUKOFOTIGA SAZOVOR BO‘LDI

20 May 2023, 09:05

1066

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Adabiyot bayramida qator vazirlik va idoralar mutasaddilari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar hamda yoshlar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida so‘z olganlar muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’sis etilgan va an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlov yoshlarning adabiyotga qiziqishini yanada oshirish, ularni barkamol avlod etib tarbiyalash, yozuvchi va shoirlarimiz ibratli hayoti hamda boy ijodiy merosini chuqur o‘rganishda mustahkam tayanch bo‘layotgani e’tirof etishdi.

Aytish joizki, tanlovning oliy ta’lim muassasalari doirasida tashkil etilgan saralash bosqichida o‘n mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Respublika bosqichiga 58 ta oliy ta’lim muassasasidan 105 ta ijodiy ish qabul qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan 3 ta asosiy va 6 ta rag‘batlantiruvchi mukofot uchun g‘oliblar saralandi.

Tadbirda g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda e’lon qilindi. Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi Akbar Otaboyev “Ilhom” tanlovi g‘olibi deb e’tirof etilib, unga “Spark” avtomobili topshirildi. IIV Akademiyasi kursanti Javohir Bafoyev faxrli ikkinchi o‘rin va 30 million so‘m mukofotga sazovor bo‘ldi. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi Asadbek Ro‘ziyevga esa uchinchi o‘rin va 15 million so‘m mukofot nasib qildi.

G‘oliblar diplom va statuetka bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, yana olti nafar ishtirokchi rag‘batlantiruvchi mukofotlarga munosib deb topildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech