Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim şakli birinçi bosqiç kursantlari öquv yilini boşladi

30 Iyul 2022, 17:59

4582

Içki işlar vazirligi tasarrufidagi Öquv-dala markazida IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim şakli birinçi bosqiçi kursantlari yangi öquv yilini boşladilar.

Bu yil Akademiyaning kunduzgi taʼlim şakliga 3 mingdan ziyod nomzod hujjat topşirdi. Nomzodlarning aksariyatini vazirlik akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, şuningdek içki işlar organi xodimlari, profilaktika inspektori yordamçilari hamda fuqarolik taʼlim muassasalari bitiruvçilarini taşkil etdi.

Adolatli, oçiq va şaffof tarzida taşkil etilgan maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining buyruğiga köra akademiya kursanti degan şarafli nomga sazovor böldilar.

Ayni kunlarda Öquv-dala markazida kursantlar bilan birinçi kursdan boşlab mutaxassislikka yönaltirilgan holda dars maşğulotlari taşkillaştirilib, ularning kasbiy, jangovar hamda jismoniy könikmalari bosqiçma-bosqiç şakllantirib borilmoqda. Taʼlim amaliyot bilan uzviy tarzda yölga qöyilib, maşğulotlar xalqaro yondaşuv hamda taʼlimning interfaol usullari yordamida amalga oşirilişi soha uçun professional bilim darajasi yuqori, maʼnaviy-axloqiy jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlaşga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech