Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar vazirining matbuot kotibi nimalar dedi?

4 Noyabr 2021, 18:07

2572

Içki işlar vazirligi akademiyasida ötkazilgan davra suhbati ana şu dolzarb mavzuga bağişlandi. Ixtisoslaşgan kafedralar professor-öqituvçilari, kunduzgi ta’lim bakalavriatining 3-bosqiç kursantlari iştirok etgan tadbirda Içki işlar vazirining matbuot kotibi – Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi boşliği, polkovnik Şohrux Giyasov ma’ruza qildi.

Uning ta’kidlaşiça, globallaşuv davrining muhim talablaridan biri – bu axborot xurujlariga qarşi samarali kuraşişdir. Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar, jumladan, içki işlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati keng jamoatçilik e’tibor-markazida böladi. Soha vakillarining xizmatda, hatto xizmatdan taşqari paytdagi xulq-atvori, xatti-harakati ham tizim nufuziga ta’sir körsatadi.

– Sönggi paytlarda ommaviy axborot vositalari orqali içki işlar organlari xodimlari va fuqarolar örtasidagi ziddiyatli holatlar aks etgan xabar yoxud videolavhalar keng tarqatilmoqda. Afsuski, bu çiqişlarning aksariyati hamkasblarimizning faoliyatiga salbiy baho beriş, içki işlar organlari vakilining obrösini tökiş va unga nisbatan jamiyatda işonçsizlik muhitini şakllantirişga qaratilgan. Bunday salbiy holatlarning oldini oliş uçun xodimlarda, eng avvalo, muloqot madaniyatini yuksak darajada şakllantirişimiz kerak, – dedi Ş.Giyasov.  

Davra suhbatida soha xodimining kasbiy faoliyatidagi ustuvor vazifalar, fuqarolar va keng jamoatçilik bilan işlaş mezonlari, tizim faoliyatini samarali taşkil etişda odob-axloq normalariga rioya etiş, ayniqsa fuqarolar bilan munosabatda şaxsiy namuna körsatiş borasida mulohazalar bildirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech