Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar organlari xalqçil tuzilmaga aylanmoqda

27 Oktyabr 2025, 12:28

1212

IIV akademiyasida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayramiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Soha xodimlari, professor-öqituvçilar, faxriylar va magistratura tinglovçilari iştirok etgan tadbir avvalida akademiya boşliği Rustam Xatamov söz olib, yiğilganlarni samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda mustaqillik yillari tizim faoliyatida röy bergan ijobiy özgarişlar tilga olindi. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşilayotgan izçil islohotlar samarasida içki işlar organlari aholi bilan bevosita yaqin hamkorlikda işlaydigan xalqçil tuzilmaga aylanib borayotgani e’tirof etildi.

“Jamiyatda qonun ustuvorligini, tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaydigan, hamişa elu yurtning dardu taşvişi bilan yaşab, xavf-xatarlarga qarşi köksini qalqon qiladigan tizim – bu içki işlar organlari, desak, mubolağa bölmaydi. Çunki xodimlarimiz zimmasidagi har bir vazifani muqaddas burç deb bilib, bu yölda kerak bölsa, hayotini garovga qöyişga tayyor turadi”, – dedi akademiya boşliği.

Bayram tadbirida hozirgi murakkab şaroitda yuzaga kelayotgan dolzarb vazifalar ham aytib ötildi. Zamonaviy kadrlar tayyorlaş uçun ta’lim va tarbiya jarayonlarini isloh qilib boriş, kursant va tinglovçilarning intellektual salohiyati, siyosiy-ma’naviy dunyoqaraşi, vatanparvarlik, daxldorlik, kasbga sadoqat singari fazilatlarini yuksaltiriş zarurligi ta’kidlandi.

“Muhtaram Prezdentimiz soha xodimlariga yöllagan bayram tabrigida tizimdagi islohotlarning ustuvor maqsadi xalqimizni rozi qilişga qaratilganini e’tirof etdilar. Şunday ekan, yurtimizda keçayotgan yangilanişlar jarayonida faol iştirok etib, Yangi Özbekistonimiz farovonligiga munosib hissa qöşişimiz kerak”, – dedi akademiya boşliği.

Şu kuni bir guruh xodimlar idoraviy mukofotlar bilan taqdirlandi. Tadbir bayramona konsert dasturi bilan davom etib, unda Yangi Özbekistonimiz, obod va farovon hayotimiz, osoyiştalik posbonlarining şarafli xizmatlari madh etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech