Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ichki ishlar organi faxriysi o‘quvchilar davrasida

16 Dekabr 2021, 07:12

989

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Ibn Sino nomli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Ta’lim maskani o‘qituvchi-murabbiylari, o‘quvchi yoshlar va IIV Akademiyasi kursantlari ishtirok etgan tadbirda ichki ishlar organi faxriysi Telmon Murodxo‘jaev ko‘p yillik mashaqqatli kasbiy faoliyati haqida yosh avlodga so‘zlab berdi.

Mustaqillikning dastlabki yillari respublikamizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ichki ishlar xodimlarining xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borgan sa’y-harakatlari, Vatan tinchligi uchun mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning sharafli hayoti haqidagi xotiralar yoshlarda katta taasurot qoldirdi.

“Uch avlod uchrashuvi” so‘nggida IIV huzuridagi JIED tezkor harakatlanuvchi otryadi tomonidan ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech