Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Hunar o‘rganish – milliy qadriyatlarimizdan

07 Noyabr 2025, 10:11

52

Qizlarni barkamol voyaga yetkazish, kasb-hunarli qilish, oilaviy hayotga tayyorlash jamiyat farovonligiga xizmat qiladi.

Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida tashkil qilingan sayyor mashg‘ulot shu jihati bilan muhim bo‘ldi. Shu kuni IIV akademiyasida ta’lim olayotgan kursant qizlar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Markaz direktori Aygul Sattarova aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish davlatimizning doimiy e’tibor markazida ekanini ta’kidlab, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ulkan imkoniyatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng qisqa muddatli o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan kursantlarga sertifikatlar topshirildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech