Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim yordamchilari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi.
Tadbir IIV akademiyasi bilan hamkorlikda soha xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirish, hududlarda jinoyatchilikni jilovlashda mas’uliyatini kuchaytirish, “mahalla yettiligi” tizimi vakillarining hamkorligini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
O‘quv seminarida asosiy e’tibor davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratildi.
Mas’ullar tomonidan mazkur qarorning dolzarb ahamiyati, chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, ayni paytda hokim yordamchilari zimmasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati