Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

HAR BIR VAZIFA MAS’ULIYATNI TALAB ETMOQDA

17 Fevral 2025, 02:02

136

Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov hududlarning kriminogen vaziyatini o‘rganish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida “qizil” toifadagi mahallalarning kriminogen vaziyati o‘rganildi. Mas’ullar, sektor vakillari va “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlari, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asl omillar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari qarorining mazmun-mohiyati va uni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari tushuntirildi.

Bundan tashqari, akademiya boshlig‘i joylarga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar bilan ham muloqot qildi. Jinoyatchilikni o‘rganishda hududlarning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish, ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida muammolarning asl omillarini aniqlash, “yettilik” vakillariga metodik yordam ko‘rsatish, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan puxta takliflarni ishlab chiqish borasida ko‘rsatma berdi.

Aytish joizki, ta’lim muassasasi ishchi guruhi tomonidan hozirgacha 103 ta mahallada o‘rganishlar olib borildi. Jinoyatchilikning asl omillari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, “jinoyat o‘choq”larida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarga barham berish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

O‘rganishlar davom ettirilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech