IIV akademiyasida ichki ishlar organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlar mutasaddilari, jamoatchilik vakillari, mutaxassislar hamda OAVlari xodimlari qatnashdi.
Tadbir ichki ishlar organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash, mavjum muammolarga yechim topish orqali jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil qilindi.
Davra suhbatida so‘z olganlar faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. To‘plangan tajribalar tahlil qilinib, davlat va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy qilish, faoliyatni ilmiy jihatdan tadqiq etish, doimiy va samarali muloqotni izchil davom ettirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati