Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

HAMKORLIKNING AMALIY IFODASI

04 Iyun 2025, 08:06

106

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Xitoy davlatida bo‘ldi.

Xorij safari davomida Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlik doirasida o‘quv kursi tashkil qilindi. Ikki hafta davomida malakali mutaxassislar tomonidan Xitoy davlatchiligi tarixi, mamlakatning ichki va tashqi siyosati, rivojlanish yo‘li, davlat boshqaruvi tizimi, hozirgi global sharoitda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash omillari, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning roli, bu borada Xitoy tajribasining o‘ziga xos jihatlari va boshqa dolzarb mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, vakillarimiz Pekin politsiya tuzilmalari va Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘lib, amaliyotga tatbiq qilingan eng ilg‘or yondashuvlar bilan tanishdilar. Ayniqsa xitoylik talabalar bilan o‘tkazilgan intellektual bellashuvlar, madaniy va sport tadbirlari ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Pekin shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat ko‘hna Xitoy tarixi, madaniyati, milliy an’ana va qadriyatlari haqidagi taassurotlarni yanada boyitdi.

Muxtasar aytganda, IIV akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik innovatsion yutuqlarni o‘rganish, manfaatli yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish, ta’lim sifati va kadrlar salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni jihatlar o‘quv kursi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda ham alohida e’tirof etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech