Içki işlar vazirligi akademiyasiga Turkiya Respublikasi elçixonasining içki işlar masalalari böyiça maslahatçilari Semih Okyar va Murat Karausta taşrif buyurdi.
Mehmonlarning akademiya faoliyati bilan tanişuvi axborot-resurs markazidan boşlandi. Ma’rifat maskanining öziga xos qiyofasi, innovatsion imkoniyatlari, manbalar fondi, ayniqsa buyuk sarkarda bobolarimiz şarafiga barpo etilgan majmualar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Semih Okyar jahon sivilizatsiya rivojiga ulkan hissa qöşgan ajdodlarimizning boy merosini örganiş va yoş avlodga yetkaziş yölidagi ezgu işlarga yuqori baho berdi.
Şundan söng turkiyalik mutaxassislar zamonaviy infratuzilma ob’ektlarini közdan keçirdilar. Mehmonlarga bakalavriat va magistratura bosqiçida yölga qöyilgan ilğor yondaşuvlar, öquv dargohining ilmiy salohiyati, xorijiy davlatlar tajribasini örganiş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli tadbirlar hamda istiqboldagi loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Taşrif davomida ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirişga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Akademiya boşliği Rustam Xatamov mehmonlarni qutlar ekan, Özbekiston va Turkiya örtasidagi aloqalar har jabhada yuksalib borayotganini alohida ta’kidladi.
– Turkiy tilda sözlaşuvçi xalqlarimiz munosabatida yangi davr boşlanganiga guvoh bölib turibmiz. Bunga, avvalo, ikki mamlakat rahbarlarining döstona munosabati, qat’iy irodasi va uzoqni közlagan oqilona siyosati tufayli erişildi, – dedi u.
Semih Okyar söz olib, ildizlari muştarak xalqlarimiz örtasidagi köp asrlik riştalarni yuksak darajada qadrlaşini bildirdi.
– Özbekistondagi yangilanişlarni doim mamnuniyat va ğurur bilan qabul qilaman. Hamkorlikning bugungi bosqiçi barçamizni xursand qilmoqda. Samimiy ruhda ötayotgan uçraşuvimiz kelgusidagi ustuvor masalalarni amalga oşirişga yöl oçişi, şubhasiz. Şuni alohida ta’kidlaşni istardim, qardoş döstlarimiz uçun muloqot va hamkorlikka hamişa tayyormiz, – dedi Semih Okyar.
Öz navbatida, Murat Karausta ikki mamlakatning turdoş oliy ta’lim muassasalari hamkorligini faol rivojlantirişdan mamnun ekanini ta’kidladi.
Samimiy ruhda ötgan uçraşuvda asosiy e’tibor ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitiş, manfaatli yönalişlarda tajriba almaşinuvini kengaytiriş, bu borada barça imkoniyatlardan oqilona foydalaniş, ikki mamlakat yoşlari uçun istibolli dasturlarni tatbiq etiş, hamkorlik bitimlarida nazarda tutilgan tadbirlarni izçillik bilan amalga oşiriş masalalariga qaratildi. Faol fikr almaşinuvidan söng tomonlar munosabatlarni yangi bosqiçga olib çiqişga işonç bildirdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati