Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik memorandumi – amalda

5 Iyun 2026, 18:03

103

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Xitoy jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda.

O‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari uchun Pekin shahrida navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi.

O‘quv kursi davomida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan Xitoy mamlakatining ichki va tashqi siyosati, rivojlanish strategiyasi, zamonaviy politsiya tizimi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan omillar, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, xususan, kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, vakillarimiz Jamoat xavfsizligi universiteti, mazkur universitetning Tuanhe kampusi, Haydan huquqni muhofaza qilish markazi, Tyanszin politsiya departamentida bo‘lib, amaliyotdagi ilg‘or yutuqlarni o‘rgandilar. Ikki mamlakat yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib qilish imkonini berdi.

Shu bilan birga, vakillarimiz kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish muammolariga bag‘ishlab Jamoat xavfsizligi universitetida o‘tkazilgan XIV Xalqaro politsiya forumida ishtirok etib, xorijiy davlatlardan kelgan mehmonlar bilan fikr almashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech