Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik aloqalari mustahkamlandi

1 Aprel 2025, 20:20

1362

Içki işlar vazirligi akademiyasi va Koreya milliy politsiya universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Onlayn tarzda ötgan tadbir oldidan ta’lim muassasalari rahbarlari Rustam Xatamov va Oh Mun Kyo muloqot qildilar. Samimiy ruhda keçgan uçraşuvda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi döstona munosabatlar e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, ikki mamlakatni boğlab turuvçi riştalar köp. Özbek va koreys xalqlarining madaniyati, mentaliteti, qadriyatlari bir-biriga yaqin. Özaro aloqalar yuksak işonç va hurmat tamoyillari asosiga qurilgan. Özbekiston ham, Janubiy Koreya ham taraqqiyotning zamonaviy yölini tanlagan. Global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar böyiça tomonlarning yondaşuvi öxşaş.

Keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar yangi davrga qadam qöydi va alohida strategik şeriklik darajasiga kötarildi.

Muloqot çoğida ta’lim, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvçi tuzilmalar uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş sohasida yölga qöyilgan hamkorlik aloqalari ham e’tirof etildi. Birgalikda amalga oşirilayotgan tadbirlar özaro tajriba almaşiş, ilğor yutuqlarni örganiş va kadrlar salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

“Koreya milliy politsiya universiteti jahondagi yetakçi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Öquv dargohida ta’limning zamonaviy yondaşuvlari yölga qöyilgan. Universitet bilan hamkorlikni kengaytiriş manfaatlarimizga birdek xizmat qiladi. Kelgusida ta’limni rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişni maqsad qilganmiz”, – dedi akademiya rahbari.

Öz navbatida, Oh Mun Kyo ikki tomonlama munosabatlarni yuksak darajada qadrlaşini, hamkorlik aloqalarini sifat va mazmun jihatdan boyitiş yölida muhim qadam taşlangani, eng muhimi, bu qat’iy intiliş va sa’y-harakatlar natijasi ekanligini alohida qayd etdi.

Uçraşuv yakunida ta’lim muassasalari rahbarlari hamkorlik memorandumini imzoladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech