Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

GLOBAL MUAMMO SA’Y-HARAKATLARNI BIRLASHTIRISHNI TAQOZO ETMOQDA

26 Mart 2026, 21:59

35

IIV akademiyasida “O‘qotar qurollar va uning o‘q-dorilari noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish: milliy va xalqaro tajriba, raqamli texnologiyalar va zamonaviy xavf-xatarlar” mavzuida milliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda nufuzli xalqaro tashkilotlar, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, soha mutaxassislari, ekspert va olimlar qatnashdi.

Tadbir avvalida IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov so‘z olib, milliy seminarning ustuvor maqsadi va dolzarb ahamiyatiga to‘xtaldi. Bugungi kunda qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq transmilliy jinoyatlar ko‘lami ortib borayotgani, anjuman global muammoga qarshi samarali yondashuvlarni ishlab chiqish va sa’y-harakatlarni birlashtirishda muhim platforma bo‘lishini ta’kidladi.

Milliy seminar ochilishida, shuningdek Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori o‘rinbosari Jobir Azimov, BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy vakili o‘rinbosari Aleksandr Fedulov, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Antti Karttunen chiqish qildi.

Anjumanda noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi bilan bog‘liq jahondagi vaziyat, ushbu turdagi transmilliy jinoyatlarning zamonaviy ko‘rinishlari, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish mexanizmlari hamda qonunchilik asoslarini takomillashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatiga ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etish masalalari, bu borada xalqaro tajribaning o‘ziga xos jihatlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Ma’ruza va chiqishlar yakunida o‘qotar qurollar hamda o‘q-dorilarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash, kompleks yondashuv va chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq qilish, davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni almashishga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.

Milliy seminar doirasida ishtirokchilar uchun maxsus ko‘rgazma ham tashkil etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech