Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Giyohvandlikning oxiri berk

26 Noyabr 2025, 17:49

1001

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda IIV akademiyasi taşabbusi bilan poytaxtimizdagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida huquqiy tarğibot tadbiri taşkil qilindi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati, talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida ötgan tadbirda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovçisi, podpolkovnik Azizbek Mamatov sözga çiqib, jamiyat hayotiga xavf solayotgan ma’naviy tahdidlarga töxtaldi. 

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga ta’siri, ular bilan noqonuniy muomala qilişning huquqiy oqibatlari, mafkuraviy ğoya va xurujlar ortiga yaşiringan ğarazli maqsadlar, giyohvandlik va diniy aqidaparastlik ta’siriga tuşib qolgan yoşlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning asl omillari, ma’naviy tahdidlarga qarşi kuraşiş çoralari haqida atrofliça tuşunça berildi.

Yoşlar örtasida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş maqsadida ötkazilgan tadbir ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oşirişga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech