Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

General talabalar huzurida

7 May 2026, 20:44

99

Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “General va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

IIV akademiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda soha faxriysi, iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov talabalar bilan samimiy muloqot qildi.

Uchrashuvda xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi matonati, front va front ortida ko‘rsatgan fidoyiligi, bugungi tinch-osuda kunlarning qadr-qimmati haqida so‘z yuritildi. Suronli yillarda yurt himoyasi uchun hayot-mamotini bag‘ishlangan yurtdoshlarimizning tarixiy jasorati yosh avlod vakillari uchun ibrat namunasi ekani ta’kidlandi.

“San’at va madaniyat vakillari inson qalbiga oson yo‘l topadi, jamiyat ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsata oladi. Shu bois ular tarixiy xotirani chuqur anglashi, milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lishi va o‘z ijodi orqali Vatanga daxldorlik tuyg‘usini keng targ‘ib etishi muhimdir”, - dedi T. Mullajonov.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech