
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ta’lim muassasasida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, ularning ota-onalari va yaqinlarini ogohlantiradi.
Keyingi paytlarda akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan fuqarolar ko‘payib bormoqda.
Yurtdoshlarimizga shuni ma’lum qilamizki, 2025/2026 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish nazarda tutilmagan.
Sizga yoki yaqinlaringizga shunday taklif bilan murojaat qilgan, moddiy manfaat evaziga ishingizni hal qilmoqchi bo‘lgan kimsalar, bilingki, firibgarlardir!
Shu kabi holatlarga duch kelganingizda, “102” raqami orqali ichki ishlar organlariga yoxud akademiya navbatchilik qismining (71) 265-22-52 telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz.
Korrupsiyaga olib boruvchi har qanday holatlarga yo‘l qo‘ymang va firibgarlardan ogoh bo‘ling. Farzandingiz taqdiriga befarq bo‘lmang!
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi