IIV O‘quv-dala markazida akademiya kursantlari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Yoshlarning kasbiy fazilatlari va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan tadbirda iste’fodagi polkovniklar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrillo Ne’matov, Abdukarim Shodiyev va Ismoil Himmatov ishtirok etdi.
Samimiy kechgan muloqotda faxriylar o‘z hayot yo‘llaridan kelib chiqib, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, ichki ishlar organlarida xizmat qilishning sharafli jihatlariga to‘xtaldilar. Ona Vatanga sadoqat va daxldorlik hissi bilan yashash insoniy burch ekanini tushuntirib, kursantlarni yetuk salohiyatli, jasur, mard, fidoyi bo‘lishga da’vat qildilar.
Ko‘p yillik xotiralar yodga olingan, yurt tinchligi va obodligi haqida she’rlar yangragan, yoshlarga qimmatli o‘gitlar aytilgan uchrashuv ishtirokchilarda ulkan ma’naviy taassurot qoldirdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati