Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmaylik!

30 May 2025, 06:05

62

Ichki ishlar vazirligining Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi akademik litseylarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etgan uchrashuvlarda asosiy e’tibor o‘qishga kiritish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlardan ogoh bo‘lishga qaratildi.

IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkirbek Qosimov so‘z olib, tezkor tadbirlar natijasida fosh etilgan ayrim holatlarga to‘xtaldi.

Ota-onalar farzandlarining kelajak taqdiriga mas’uliyat bilan qarashlari, qonunga zid har bir xatti-harakat muqarrar javobgarlikka sabab bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarga IIV akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari, bilim va salohiyatli kursantlar erishayotgan yutuqlar, o‘qishga kirish imtihonlari vaqtida abituriyentlar uchun yaratib beriladigan sharoitlar haqida so‘zlab berildi.

Tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarning ota-onlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech