IIV akademiyasida “Içki işlar organlarining axborot-tahlil faoliyati: bugungi holati va istiqbollari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Unda manfaatdor idoralar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, şuningdek Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş oliy maktabi, Kriminologiya tadqiqot instituti va boşqa taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Sözga çiqqanlar içki işlar organlarida axborot-tahlil faoliyatini takomillaştiriş, tizimga zamonaviy yondaşuvlarni samarali tatbiq etiş, soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, amaliyot xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş masalalariga töxtalib, axborot-tahlil işini yanada yaxşilaşga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Faoliyatni tahlil qiliş, mavjud muammolarning ilmiy-amaliy yeçimlarini işlab çiqiş, ta’lim va amaliyot uzviyligini mustahkamlaş maqsadida ötkazilgan konferensiya barça iştirokçilar, ayniqsa “taşkiliy-ştab faoliyati” yönalişi kursantlari uçun dolzarb ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati