Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

FАN VА TА‘LIM ZАMONАVIY BOSQIÇDА: ISLOHOTLАR VА STRАTEGIK YÖNАLIŞLАR

30 Sentyabr 2021, 16:17

2636

 

Jahonning yetakçi davlatlari singari mamlakatimizda ham taʼlim tizimini isloh etişga birinçi galdagi vazifa sifatida qaralmoqda. Buning boisi, hozirgi globallaşuv şaroitida taʼlim har qanday sohaning strategik istiqbolini belgilaydigan, islohotlarni harakatga keltiradigan tayanç omilga aylandi.

Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib ötgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ilm-fanni rivojlantirişning ustuvor yönalişlariga bağişlandi. Unda davlat va jamoat taşkilotlari mutasaddilari, parlament aʼzolari, yurtimizning yetakçi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan vakillar, şuningdek xalqaro ekspert va mutaxassislar iştirok etişdi.

Sönggi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimini isloh qilişga qaratilgan önlab qaror va farmonlar, istiqbolli dasturlar hayotga tatbiq etildi. Xususan, Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş Kontseptsiyasi qabul qilinib, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlaş sifatini oşiriş, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etiş, oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot işlari natijadorligini oşiriş, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini şakllantiriş, taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va şaffoflikni taʼminlaşning taʼsirçan mexanizmlarini joriy etiş kabi yönalişlar böyiça aniq vazifalar belgilandi.

Dolzarb mavzudagi xalqaro anjumanda IIV Аkademiyasi boşliği Rustam Xatamov söz olib, mamlakatimiz ilm-fani istiqbollariga töxtaldi.

– Innovatsion özgarişlar yuz berayotgan, intellektual va maʼnaviy rivojlangan yoşlar taraqqiyotning qudratli kuçiga aylanayotgan bir davrda yaşayapmiz, – dedi taʼlim muassasasi boşliği Rustam Xatamov. – Bugungi globallaşuv davrida davlatlarning rivojlanganlik darajasi nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlar, balki ilm-fan salohiyati bilan ölçanmoqda. Şu bois, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida taʼlim sohasining barça böğinlarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yangilanayotgan Özbekistonda innovatsion fikr va ğoyalarni ilgari suruvçi yangi avlod kadrlariga ehtiyoj ortib bormoqda. Taʼlim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi mamlakatda Uçinçi Renessans poydevorini yaratişga qaratilgan bölib, pirovardida bu – taʼlim va ilmiy faoliyatni rivojlantiriş, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jadal tatbiq etişga xizmat qiladi.

Ilmiy-amaliy anjumanda fan va taʼlim sohasidagi zamonaviy yondaşavlar yuzasidan “Researç Support Center” ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş markazi asosçisi Аliya Ospanova, Janubiy Koreyaning АDJU universiteti Toşkent filiali professori Pak Vu, Rossiya Federatsiyasining Ilmiy-tadqiqot moliya instituti professori Kristina Şvandar va boşqa ekspertlarning maʼruzalari tinglandi.

Kunning ikkinçi yarmida xalqaro anjuman tört şöbaga bölingan holda öz işini davom ettirdi. “Ilm va fan rivojlanişining jahon tendensiyalari: voqelik va başoratlar”, “Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini boşqariş tizimini takomillaştiriş: innovatsion siyosat”, “Nazariya va amaliyotni integratsiya qiliş jarayonini çuqurlaştiriş” hamda “Kreativ fikrlaydigan ilmiy va amaliy kadrlarni tayyorlaş muammolari” kabi asosiy yönalişlar muhokama markazida böldi.

Konferensiya işida Qirğiziston Respublikasi IIV Аkademiyasi boşliğining örinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Аrzigul Djorobekova, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi moliyaviy tadqiqotlar ilmiy-tekşiriş instituti Tahliliy markaz rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori Igor Varyaş, Аl-Forobiy nomidagi Qozoğiston milliy universiteti Strategik rivojlaniş markazi sektor rahbari Malika Gapparova, Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va sohil xavfsizligi akademiyasi doktori Аdnan Аbdulvohid va boşqa ekspertlar öz çiqişlari bilan iştirok etdi.

Sözga çiqqanlar oliy taʼlim sifati va samaradorligini oşirişda xalqaro hamkorlikning örni, taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş, şaxsga yönaltirilgan taʼlimning mohiyati, amaliyotdagi muammolar va ilmiy-tadqiqot natijalari asosida qonunçilik hujjatlarini takomillaştiriş, yoş pedagog kadrlarni tayyorlaşning dolzarb muammolari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun professional kadrlar tayyorlaşning muhim jihatlari, yuridik fanlar böyiça ilmiy tadqiqotlarning bugungi holati va zamonaviy talablari, yoşlarni ilmiy-tadqiqot işlariga jalb etiş kabi mavzularda fikr almaşdilar. Konferensiya davomida sohani rivojlantirişga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi.

Işçan ruhda ötgan anjuman taʼlim infratuzilmasini milliy va xalqaro tajriba asosida takomillaştirişni nazarda tutuvçi taklif hamda tavsiyalarga boyligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech