Mamlakatimiz içki işlar organlari taşkil topganining 35 yilligi munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida ustoz-şogirdlar uçrashuvi bölib ötdi.
Shu kuni Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasida köp yillar faoliyat körsatgan, yurtimiz dovruğini dunyo uzra tanitişga munosib hissa qöşgan, yuzlab iqtidorli yoşlarni yetiştirgan bir guruh sport ustalari öquv maskaniga taklif qilindi.
Tadbir davomida ular kafedra hayotida röy berayotgan ulkan özgarişlar, yaratilgan zamonaviy şaroitlar, keyingi yillarda sportning turli yönalişlarida qölga kiritilgan salmoqli natijalar bilan yaqindan tanişdilar. Özlarining boy tajribalari bilan örtoqlaşib, bugungi kunda ustozlarning nurli yölini davom ettirayotgan yoş avlod vakillariga ögitlar berdilar.
Öz navbatida, soha fidoyilarining iqtidorli yoşlarni kamol toptiriş, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, soha uçun yuqori kasbiy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlaş yölidagi şarafli hamda maşaqqatli faoliyatlari e’tirof etildi.
Samimiy muloqot bir piyola choy ustida davom etdi. Faxriylar akademiyada amalga oşirilayotgan keng qamrovli yangilanişlar, körkam va zamonaviy inşootlarni közdan keçirib, çeksiz quvonç hissini tuydilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati