Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistlar uchun sayyor mashg‘ulotlar

23 Iyul 2025, 05:07

95

Hududlarda ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari xodimlari uchun sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar IIV akademiyasi hamda Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi hamkorligida soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Malakali mutaxassislar tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni tadqiq qilishda kriminalistik usul va vositalarni qo‘llash, axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklar bo‘yicha raqamli ekspertiza imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek soha faoliyatiga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuvlar o‘qitishning interfaol usullari yordamida tushuntirildi. Mashg‘ulotlar yakunida xodimlarga maxsus sertifikatlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘tkazildi. Respublikamizning boshqa hududlarida ham bu kabi o‘quv yig‘inlarini tashkil qilish rejalashtirilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech