Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistlar uchun o‘quv kursi

01 Mart 2025, 12:03

241

IIV Akademiyasida Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika bolinmalari xodimlari uchun qayta tayyorlash kursi boshlandi.

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Akademiyaning kriminalistik ekspertizalar kafedrasi raqamli ekspertiza laboratoriyasi negizida raqamli axborot tashuvchi qurilmalar tadqiqoti yo‘nalishida amaliyot xodimlari uchun tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida bir oylik qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.

Dars mashg‘ulotlari Akademiyaning malakali professor-o‘qituvchilari hamda ushbu sohada boy amaliy tajribaga ega bo‘lgan amaliyot xodimlari tomonidan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazilmoqda. Shuningdek, tinglovchilar tomonidan olingan nazariy bilimlarini yana-da mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga “Axborot tashuvchi qurilmalardagi maʼlumotlarni tiklash” sud ekspertizalarini  mustaqil o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma beriladi.

Respublikamiz hududlaridagi barcha  ekspert-kriminalistlarning o‘quv kurslarda malakalari oshirilishi rejalashtirilgan.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech