IIV akademiyasida dual ta’limning keng joriy qilingani ijobiy samara bermoqda.
Yangi tizim asosida Toşkent şahridagi içki işlar organlari bilan hamkorlikning yölga qöyilgani kursantlarning nazariy bilimini amaliy könikmalar yordamida mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Akademiya boşliği amaliyot jarayonlari bilan tanişiş maqsadida Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasida böldi.
Hozirda mazkur tumanda kunduzgi ta’limning 2 va 3-öquv kursidan 150 nafarga yaqin kursant tegişli mutaxassislik böyiça amaliyot ötamoqda. Ularga tajribali murabbiylar biriktirilgan bölib, maşğulotlar paytida kasbiy bilimlarni amaliyotda qöllaş könikmalarini şakllantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, dual ta’limning asosiy maqsadi nazariya va amaliyotni uzviy holda taşkil etiş sanaladi. Akademiyada yölga qöyilgan tizimning öziga xos xususiyatlaridan biri şundaki, bunda kursantlar amaliyot bilan birga, kasbiy moslaşiş jarayonlarini ham ötamoqda. Bu esa vaqtni samarali taqsimlaş, yuklatilgan vazifalarni öz vaqtida bajariş, nostandart vaziyatlarda özini özi boşqariş, töğri qaror qabul qiliş, ruhiy barqarorlikni namoyon etiş, muloqotga kirişuvçanlik kabi omillarda namoyon bölmoqda.
Tanişuv çoğida akademiya boşliği sohaviy xizmat rahbarlari bilan suhbatlaşib, amaliyotning qay tarzda taşkil etilayotgani, “murabbiy – xodim yordamçisi” mexanizmining samaradorligi, kursantlarga yaratilgan şaroitlar bilan qiziqdi. Mas’ullarga tizim imkoniyatlarini oşiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.
Şuningdek muloqot davomida kriminogen vaziyat bilan boğliq masalalar ham muhokama qilindi. Jamoat tartibini saqlaşga jalb qilinayotgan xodim va kursantlar xizmatni mas’uliyat bilan ötaşi, tizim obröyiga salbiy ta’sir körsatadigan holatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş çoralarini körişi, xizmat intizomiga qat’iy rioya qilişi zarurligini ta’kidladi.
Şu kuni dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlaş sifatini oşirişga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati