Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dron bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

19 Iyun 2026, 15:06

64

Bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimida zamonaviy texnologiyalar, xususan, dronlardan keng foydalanilmoqda. Ushbu qurilmalar jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni fosh etishda ancha qo‘l kelmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan musobaqa kursantlarning uchuvchisiz uchar apparatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi. Unda kursantlar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida Nodirbek Husanov “Nazariy bilimlarni mustahkamlash”, Humoyun Samadov “Kompyuterda dronlarni boshqarish”, Mirziyo Hazratqulov “Poligonda dronlarni boshqarish” sharti bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yakunda barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organlari faoliyatiga talab kuchayib borayotgan hozirgi davrda kursantlarning bu kabi zamonaviy texnologiyalarni oqilona qo‘llay bilishi tizim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech