Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb vazifalar ijrosi muhokama qilindi

23 Aprel 2025, 05:04

77

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori yuzasidan tashkil qilingan yig‘ilishda tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mutasaddilari, mahallalardagi “yettilik tizimi” a’zolari, IIV akademiyasi vakillari hamda boshqalar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ustuvor vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi. Mas’ullar va mahalla vakillarining axboroti tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning sabab va sharoitlari tahlil qilinib, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning barvaqt oldini olish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari manzilli dasturlarga kiritilgan chora-tadbirlar bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech