Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Dolzarb taklif va tavsiyalar bildirildi

30 May 2025, 08:05

71

IIV akademiyasida “Sun’iy intellekt yordamida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Soha mutaxassislari, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda magistratura tinglovchilari ishtirok etgan tadbirda dolzarb fikr-mulohazalar bildirildi.

So‘zga chiqqanlar “Qidiruvdagi shaxslarni qo‘lga olishda tanib oluvchi axborot tizimlarini ishlab chiqishning muammo va yechimlari”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tahdidlarning oldini olish va ularni aniqlashda axborot almashinuvi mexanizmlarini takomillashtirish”, “So‘zlovchilarni ajratish va identifikatsiya qilishning usul hamda algoritmlari”, “Axborot xavfsizligini raqamlashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining ahamiyati”, “Ichki ishlar organlarining sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi.

Yig‘ilganlar konferensiya yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga keng joriy qilish, ilmiy maqolalar to‘plamini tayyorlash, raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech