Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Dolzarb masala muhokama qilindi

30 Aprel 2026, 21:48

88

IIV akademiyasida “Giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, IIV Malaka oshirish instituti vakillari, akademiya professor-o‘qituvchilari hamda boshqalar qatnashdi.

Anjumanda giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik ortidan yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, mavjud tahdidlar, muammolarning ilmiy-amaliy yechimlari muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar “Giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish”, “Giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish”, “Internet tarmoqlari orqali giyohvandlik va psixotrop moddasi savdosidan tushgan mablag‘larni kriptoaktivlar hamda blokcheyn tizimi yordamida legalizatsiya qilish” kabi mavzularda chiqish qilib, ustuvor yo‘nalishlarni ilgari surdilar.

Muhokamalar yakunida giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy va profilaktik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech