Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

DAXLDORLIK TUYG‘ULARI KUCHAYTIRILDI

20 Sentyabr 2021, 03:09

975


“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi ostida navbatdagi targ‘ibot tadbiri IIVning 1- va 2-sonli akademik litseylarida tashkil etildi.
Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish yo‘lidagi ulug‘vor yanglanishlar, xususan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi borasida qilinayotgan ezgu ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimiz bugun demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Yaqinda muhtaram Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbati chog‘ida istiqlol yillari yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlar amalga oshirilgani, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etilganini alohida eʼtirof etdi. Mazkur intervyu, tom maʼnoda, Yangi O‘zbekistonning rivojlanish yo‘lini belgilab beruvchi muhim dasturiy hujjat boʼldi.

Tadbirda milliy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida oldimizda turgan ustuvor vazifalar o‘quvchi-yoshlarga atroflicha tushuntirildi. O‘sib kelayotgan yosh avlod zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, innovatsion texnologiyalar hamda xorijiy tillarni bilishi, o‘qish va izlanib, mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirishda asosiy tayanch bo‘lishlari taʼkidlandi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining qarori asosida ichki ishlar uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, taʼlim sohasiga tatbiq etilayotgan samarali mexanizmlar, bu borada akademik litseylar o‘quvchilari oldida muhim vazifalar xususida fikr almashildi. Uchrashuv davomida kursantlar Аkademiya tinglovchi-kursantlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan ulkan eʼtibor haqida gapirib o‘tishdi.

O‘quv muassasasining bitiruvchi bosqich o‘quvchilari IIV Akademiyasiga qabul jarayonlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech