Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Davra suhbati dolzarb mavzuga bag‘ishlandi

27 Fevral 2025, 06:02

40

IIV akademiyasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda magistratura tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari qatnashdi.

Davra suhbatida milliy markaz direktori o‘rinbosari Shavkat Qayumov so‘z olib, insoniyat taqdiriga daxldor global muammolar, xususan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning millat genofondiga ta’siri, ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, tadbirda sohaning huquqiy asoslari, xalqaro tajribaning o‘ziga xos jihatlari, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazining faoliyat yo‘nalishlari xususida fikr almashildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech