Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistrlari zamonaviy boshqaruv va rahbarlikka oid ko‘nikmalarini oshirdilar.
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan mashg‘ulotlar dolzarb mavzularga bag‘ishlandi. Tinglovchilar “Ijro samaradorligini oshirish”, “Rahbar va tashkilot imijini shakllantirish”, “Zamonaviy rahbar qiyofasi”, “Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash”, “Rahbarning emotsional va sotsial intellekti” va boshqa mavzularda ma’ruzalar tingladilar.
Mashg‘ulotlarning tajribali mutaxassislar tomonidan interfaol yondashuvlarda olib borilgani o‘zaro muloqot qilish, boshqaruvga oid bilimlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
O‘quv kursi yakunida tinglovchilar test sinovi topshirib, sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati