IIV akademiyasida “Uch qahramon” filmi ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti vakillari, taniqli kinoijodkorlar, akademiya professor-o‘qituvchilari hamda o‘quv dargohida malaka oshirayotgan inspektor-psixologlar qatnashdi.
So‘z olganlar filmning bosh g‘oyasi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, kartinani suratga olish bilan bog‘liq jarayonlar haqida so‘zlab berishdi. Yaqinda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilngan kinokartina ichki ishlar organlari xodimlarining mashaqqatli va murakkab faoliyatini yoritib bergan eng yaxshi asarlardan biri bo‘lgani ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yig‘ilganlar filmni tomosha qilib, iliq taassurotlar oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati