Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boshqarma boshlig‘i mashg‘ulot o‘tdi

1 Aprel 2026, 21:34

80

IIV akademiyasida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlar tatbiq qilingan.

Shulardan biri magistratura tinglovchilarining auditoriya o‘quv mashg‘ulotlariga manfaatdor vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlarini jalb qilish amaliyotidir.

IIV Jamoat xavfsizligini departamentining Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Azamat O‘roqov ishtirokida o‘tkazilgan galdagi mashg‘ulotda tegishli ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan birga, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar qatnashdi.

Mashg‘ulotda probatsiya faoliyatining huquqiy asoslari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, amaliyotga tatbiq qilinayotgan ilg‘or yondashuvlar haqida ma’lumot berilib, tizimdagi ayrim muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish borasida tinglovchilarga tavsiyalar berildi.

IIV Akademiyasi magistrаturasi

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech