Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bolalar huquqlarini ta’minlaş – jamiyatning ma’naviy qiyofasini körsatadi

27 Noyabr 2025, 12:32

843

Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovçilari bilan muloqot qildi.

Uçraşuvda sohaga oid milliy qonunçilik, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaşda davlat organlarining asosiy vazifalari, bolalarga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş çoralari xususida söz bordi.

Surayyo Rahmonova mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, keyingi yillarda amaliyotga joriy qilingan ilğor tajriba va mexanizmlar, bu örinda Bolalar ombudsmani institutining faoliyatiga töxtaldi. Sohaga davlat siyosatining ustuvor yönalişlari qatorida e’tibor qaratilayotgani kelajak avlodlarni soğlom va barkamol voyaga yetkazişda mustahkam poydevor bölayotgani aytildi.

Muloqot davomida içki işlar organlarining bola huquqlarini ta’minlaşdagi örni, bolalarga nisbatan sodir etilayotgan tazyiq va zöravonliklarga barham beriş, jinoyat uçun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaş, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining barvaqt oldini oliş, bu borada yeçimini kutayotgan ayrim masalalari yuzasidan fikr almaşilib, tinglovçilarga tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech