IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlari “Ma’naviyat va ma’rifat darslari” yuzasidan sinov topshirishdi.
Tadbir ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, xodimlarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Sinovlar vazirlik ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati mas’ul vakillari tomonidan qabul qilindi. Bilimlarni baholash chog‘ida har bir xodimning o‘zlashtirish darajasi, konspekt daftarini yuritishi, mashg‘ulotlarda qatnashishi va boshqa jihatlarga e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, muntazam kitob mutolaa qilish, bilim va dunyoqarashni boyitish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish orqali o‘z ustida ishlash borasida xodimlarga tavsiyalar berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati