Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Bilimlar maydonida bellashuv

21 Oktyabr 2021, 05:10

746

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida O‘zbek tili bayrami kuni munosib nishonlanmoqda.

 

Ona tilimizga davlat maqomi berilganining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan intellektual o‘yinda Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 1- va 2-sonli akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari qatnashdilar. “Blits savol-javob”, “Adabiyot gulshani” va “She’riyat bo‘stoni” shartlari orqali o‘quvchi yoshlar o‘zbek tiliga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in munozara ruhida o‘tgan bellashuv yakunida IIVning 2-sonli akademik litseyi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Intellektual o‘yinning Akademiya kursantlari o‘rtasida tashkil etilgan ikkinchi bosqichi ham qiziqarli o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zbek tilining hayotimizdagi mavqei, uning nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy adabiyotimizning yoshlar kamolotidagi o‘rni haqidagi savollarga javob berib, o‘zlarining notiqlik mahoratlarini ko‘rsatib berdilar. Hakamlar hay’atining qaroriga binoan kunduzgi ta’lim bakalavriatining 3-bosqich kurslaridan iborat “Buyuklar avlodi” jamoasi bellashuv g‘olibi bo‘ldi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech